JCH-2026 1-turi doirasidagi Kolumbiya – Oʻzbekiston uchrashuvi oldidan Mexikoda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Fabio Kannavaro:
— Xayrli kech barchaga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz ertangi oʻyinga tayyor.
— Husonov albatta muhim himoyachilarimizdan bittasi, u hali yana-da yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada oʻyinlar koʻrsatib kelmoqda.
Oʻylaymanki, bu yerda eng yaxshi fazilatlarimizni, oʻzbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda oʻz tajribamni ulashishga harakat qildim. Chunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman va oʻz tajribalarimni yetkazib boryapman.
Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi oʻyin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi oʻyinda ehtiyotkorlik bilan oʻynaymiz. Biroq Kolumbiyada nafaqat Xames, balki koʻplab yaxshi darajadagi futbolchilari bor.
Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar oʻynaydi. Biz ham oʻz imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz.
Eldor Shomurodov:
— Hamma kayfiyati a’lo darajada, ilk bor Jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yoʻq. Barcha futbolchilarimiz ushbu oʻyinni intiqlik bilan kutyapti.
Fabio Kannavaro:
Biz ushbu stadionga avval ham kelganman, bu yerda Maradon na eng yorqin gollarini kiritgan. Biz ham ushbu tarixiy stadionda ilk oʻyinimizni oʻtkazayotganimizdan xursandmiz.
Eldor Shomurodov:
— Albatta uzoq kutilgan Jahon chempionati terma jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta gʻurur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qoʻllab-quvvatlashini soʻrab qolaman. Bizda bosim yoʻq, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda toʻliq tayyor boʻlamiz.
Fabio Kannavaro:
— Mening fikrimcha, siz nimagadir yetishmoqchi boʻlsangiz, qiyinchilikdan oʻtishingiz kerak, barchaga buni isbotlashingiz kerak. Mashgʻulotlarda qiyinchiliklar boʻlishi bu tabiiy holat.
— OʻFA akademiyalarga, infratuzilmalarga juda ham koʻp e’tibor qaratmoqda. Mamlakatda futbol rivojlanib boryapti. Bu Oʻzbekiston uchun ilk Jahon chempionati. Men Oʻzbekistonning ilk Jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishtirok etayotganimdan xursandman.
Fabio Kannavaro:
— Men futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etganman, biroq murabbiy sifatida ishtirok etish baribir boshqa. Futbolchi sifatida va murabbiy sifatida tayyorgarlik boshqa boshqa narsa. Chunki siz barcha futbolchilaringiz bilan gaplashishingiz kerak.
Bizni juda ham qiziq va shiddatli oʻyinlar kutib turibdi. Raqiblarimiz ham yuqori darajadagi jamoalar. Biz ilk bor bu musobaqada ishtirok etyapmiz, ushbu musobaqaning har bir uchrashuvidan zavqlanishimiz va tajriba olishimiz kerak, - dedi Oʻzbekiston milliy jamoasi ustoz.