Live
1
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasidagi yana bir rekordni yangiladi

Futbol
16 iyun, 23:35
Afsonaviy hujumchi mundiallarda ham eng yosh, ham eng yoshi katta gol muallifiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi Argentina milliy jamoasidagi yana bir rekordni yangiladi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Jazoir darvozasini ishg‘ol qilib, yana bir tarixiy natijaga erishdi.

38 yoshli futbolchi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etib, Argentina milliy jamoasi safida jahon chempionatlaridagi gollari sonini oshirdi.

Shu tariqa Messi milliy jamoa tarixida mundiallarda gol urgan eng yosh va eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

U ilk bor jahon chempionatida 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundialda Serbiya va Chernogoriyaga qarshi bahsda 18 yoshida gol urgan edi. Oradan roppa-rosa 20 yil o‘tib, Messi 38 yoshida Jazoir darvozasini ishg‘ol qildi.

Bundan tashqari, argentinalik afsona jahon chempionatlari tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchilar orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu boradagi rekord Kamerun afsonasi Rojer Millaga tegishli — u 42 yosh-u 39 kunligida gol urgan. Ikkinchi o‘rinda esa Portugaliya himoyachisi Pepe qayd etilgan bo‘lib, u 39 yosh-u 283 kunligida mundialda gol muallifiga aylangan.

Messi esa Jazoirga qarshi bahsda 38 yosh-u 357 kunligida gol urib, yana bir tarixiy natijani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina JCH-2026dagi ilk uchrashuvida Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsning barcha gollariga Lionel Messi mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar