Live
1
O'zbek

Messi faoliyatidagi 912, 913 va 914-gollarni urdi. Ronalduda — 973 ta gol bor

Futbol
16 iyun, 23:59
Argentina milliy jamoasi hujumchisi JCH-2026 1-turida Jazoirga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Messi faoliyatidagi 912, 913 va 914-gollarni urdi. Ronalduda — 973 ta gol bor
Foto: Gettyimages
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1-turida Jazoyir milliy jamoasiga qarshi o‘yinda 17-daqiqada hisobni ochdi, 60-daqiqada dublni rasmiylashtirgan bshlsa, 76-daqiqada xet-trik qayd etdi. Bahs AQSHning Kanzas-Siti shtatidagi «Errouhed» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa, Messi faoliyatidagi 912, 913 va 914-gollarini urdi. Buning uchun Leoga 1157 ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Uning hisobida «Barselona» safida 672 ta gol, Argentina milliy jamoasida 120 ta, «Inter Mayami»dagi 89 ta va «PSJ» safida urilgan 32 ta gol mavjud. Shuningdek, Lionel 414 ta golli uaztma yetkazib bergan.

Uning asosiy raqobatchisi «Al-Nasr»da to‘p tepayotgan Krishtianu Ronaldu esa klublar va Portugaliya milliy jamoasi safida 1323 o‘yinda 973 gol urgan.

Argentina milliy jamoasining JCH-2026 J guruhidagi yana ikki raqibi Avstriya va Iordaniya milliy jamoalari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar