Live
1
O'zbek

Mak Allister: "Messi endi avvalgidek emas deyishgandi"

Futbol
17 iyun, 00:14
Argentina yarimhimoyachisi jamoadoshining tarixiy o‘yiniga yuqori baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mak Allister: "Messi endi avvalgidek emas deyishgandi"
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Jazoir ustidan qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdagi barcha gollarga 38 yoshli argentinalik afsona mualliflik qilib, mundialdagi ilk het-trigini rasmiylashtirdi.

"Messi endi avvalgidek emas deyishgandi. Ammo bugun u hamon eng yaxshisi ekanini ko‘rsatdi", — dedi Mak Allister.

Yarimhimoyachining fikricha, Argentina milliy jamoasi o‘z o‘yinini aynan Messi atrofiga qurishi kerak.

"Endi hamma ko‘rib turibdiki, biz jamoani uning atrofiga qurishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi u.

Jazoirga qarshi het-trikdan so‘ng Messi jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va Germaniya afsonasi Miroslav Kloze bilan birgalikda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatidan joy oldi.

Qizig‘i, bu Lionel Messining faoliyatidagi jahon chempionatlarida qayd etgan ilk het-trigi bo‘ldi.

Argentina milliy jamoasi guruh bosqichining navbatdagi turida 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar