Bugun
8
O'zbek

Zaid Tahsin tarixga kirdi

Futbol
17 iyun, 01:01
«Paxtakor» futbolchisi Oʻzbekiston Superligasi tarixida jahon chempionatida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Zaid Tahsin tarixga kirdi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Iroq Iroq 1 : 4 Norvegiya Norvegiya

«Paxtakor» klubi va Iroq milliy jamoasi himoyachisi Zaid Tahsin tarixiy natijaga erishdi.

Futbolchi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushib, Oʻzbekiston Superligasi klubi sharafini himoya qilgan holda jahon chempionatida ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi.

Uchrashuv davomida Zaid Tahsin maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi. Holandning ikkinchi golida esa qo'pol xatoga yo'l qo'yib, raqib hujumchisiga «sovg'a» taqdim etdi.

Bahs Norvegiyaning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, «Paxtakor» aʼzosi nafaqat Iroq futboli, balki Oʻzbekiston Superligasi tarixidan ham joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtmoqda va turnir 19 iyulga qadar davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Iroq Iroq
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar