Live
1
O'zbek

Rabio Fransiyaning ilk o‘yinidan keyin maydon sifatidan norozi bo‘ldi

Futbol
17 iyun, 00:41
Fransiyalik yarimhimoyachi Nyu-Jersidagi stadion chimini tanqid qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rabio Fransiyaning ilk o‘yinidan keyin maydon sifatidan norozi bo‘ldi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 1 Senegal Senegal

JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Fransiya milliy jamoasi Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng «uchranglilar» yarimhimoyachisi Adrien Rabio stadion maydoni sifati haqida tanqidiy fikr bildirdi.

«Buni chim deb atashga ham qiynalaman. Bu qattiq sun’iy maydonga ko‘proq o‘xshaydi. Ammo sharoit ikkala jamoa uchun ham bir xil edi, shu sabab moslashishga to‘g‘ri keladi», — dedi Rabio RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Nyu-Jersidagi maydon sifati JCH-2026 davomida bir necha bor muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Futbolchilar tabiiy gazonning qattiqligi va to‘p harakatidan norozilik bildirishmoqda.

Shunga qaramay, Fransiya mundialni muvaffaqiyatli boshlab, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Didye Desham shogirdlari guruh bosqichining navbatdagi turida 22 iyun kuni Iroq milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Senegal esa keyingi bahsini Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar