Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionatidagi raqiblar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Norvegiya milliy jamoasi guruqda Iroq, Fransiya va Senegalga qarshi maydonga tushadi.
«Biz qiyin guruhdan o'rin olganmiz. Menimcha, bu Jahon chempionatidagi har bir jamoaning o'ziga xos jihati bor va guruhdan chiqish uchun juda yaxshi o'yin ko'rsatish kerak bo'ladi. Bu oson kechmaydi. Turnirdagi har bir bellashuv og'ir bo'ladi.
Har bir Jahon chempionatida kutilmagan natija ko'rsatadigan bir nechta jamoalar bo'ladi. Masalan, Saudiya Arabistoni 2022 yilda Argentinani 2:1 hisobida mag'lub etgandi.
Ular Argentinani yutishdi, ammo keyinchalik aynan Argentina jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Jahon chempionatining o'ziga xosligi ham ana shunda», — deya 25 yoshli forvardning so'zlarini keltiradi ESPN.
Holand: «Har doim JCHda kutilmagan natija ko'rsatadigan bir nechta jamoalar bo'ladi»
Futbol
15 iyun, 13:40
Norvegiyalik hujumchi misol tariqasida 2022 yildagi Saudiyani esladi.
Foto: Getty Images