Portugaliya milliy jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Kongo DRga qarshi jahon chempionati-2026 ilk o‘yini arafasida muxlislarga murojaat qildi.
«Har safar bu futbolkani kiyganimizda, birinchi kundagi kabi g‘urur, ehtiros va mas’uliyatni his qilamiz.
Ertaga yangi sahifa boshlanadi.
Biz mana shu pallaga yetib kelish yo‘lida astoydil ter to‘kdik, endi esa vatanimiz hamda bizni shu yerda va butun dunyo bo‘ylab qo‘llab-quvvatlayotgan portugallar uchun borimizni berish vaqti yetdi. Sizlar ham, barchangiz, xuddi biz kabi ishoning!» - deb yozdi Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaning O‘zbekistonga qarshi o‘yini 2-tur doirasida (23-iyun) kuni bo‘lib o‘tadi, 3-turda esa Krishtianu jamoasi Kolumbiya bilan (28-iyun) bahs olib boradi.