Bugun
13
O'zbek

Portugaliya milliy jamoasi ob-havo sabab kechki mashg'ulotlarini bekor qildi

Futbol
15 iyun, 06:01
Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Portugaliya milliy jamoasi ob-havo sabab kechki mashg'ulotlarini bekor qildi
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bugunga belgilangan matbuot anjumani va kechki mashg'ulotlarni bekor qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, bunday qarorga kelishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo'lgan. Havfsizlik nuqtayi nazaridan mashg'ulot va jurnalistlar bilan muloqot bekor qilingan.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, O'zbekiston va Kongo DR bilan kuch sinashadi.

Jahon chempionatining 1-turida Roberto Martines jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar