Live
2
O'zbek

JCH-2026. Chexiya — JAR uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi

Futbol
18 iyun, 11:05
Har ikki jamoa mundialdagi ilk ochkolarini qo‘lga kiritishga urinadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026. Chexiya — JAR uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Foto: Getty Images
35’ Jahon chempionati (JCH-2026) Chexiya Chexiya 1 : 0 JAR JAR

Bugun, 18 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Bahs AQSHning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni amerikalik hakam Tori Penso boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda Chexiya Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. JAR esa Meksikaga 0:2 hisobida yutqazgandi.

Shu sababli bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega.

3-turda Chexiya Meksikaga qarshi maydonga tushsa, Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

JCH-2026. 2-tur
Chexiya - JAR

18-iyun, 21:00

Asosiy tarkiblar:
Chexiya: Kovarj, Soufal, Granach, Kreychi, Golesh, Darida, Cherv, Sadilek, Soyka, Glojek, Shik.
JAR: Uilyams, Modiba, Mbokazi, Mudau, Okon, Mokoena, Mbata, Adams, Appollis, Maseko, Reyners.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • JAR JAR
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar