Analitik platforma Opta JCH-2026 guruh bosqichining 1-turi yakunlanganidan so‘ng turnir g‘olibligi bo‘yicha yangi prognozini e’lon qildi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda chempionlik uchun eng asosiy favorit Fransiya terma jamoasi hisoblanadi. Didye Desham shogirdlarining kubokni qo‘lga kiritish ehtimoli 15,73 foizga baholangan.
Opta talqinidagi JCH-2026 favoritlari:
- Fransiya — 15,73%
- Angliya — 12,33%
- Argentina — 12,28%
- Ispaniya — 12,08%
- Germaniya — 6,43%
- Portugaliya — 5,94%
- Braziliya — 5,37%
- Norvegiya — 4,68%
- Niderlandiya — 3,06%
- Kolumbiya — 2,80%
Qayd etilishicha, reytingdagi dastlabki uch jamoa — Fransiya, Angliya va Argentina mundialdagi ilk uchrashuvlarida g‘alaba qozongan.
Shuningdek, Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, Gaiti, Kurasao va Iordaniya terma jamoalarining jahon chempioni bo‘lish imkoniyati deyarli yo‘q va ularning ehtimoli 0 foiz deb baholangan.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 19 iyul kuni final uchrashuvi bilan yakunlanadi.
