Live
1
O'zbek

«Barselona» Inyaki Penyani tekinga qo‘yib yuborishga tayyor

Futbol
18 iyun, 09:00
Kataloniya klubi darvozabon uchun yangi jamoa qidirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Barselona» Inyaki Penyani tekinga qo‘yib yuborishga tayyor
Foto: Getty Images

«Barselona» darvozaboni Inyaki Penya yozgi transfer oynasida klubni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Rojer Torello xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli posbon bosh murabbiy Hans-Diter Flikning rejalariga kirmaydi va jamoaning yozgi yig‘inlarida ham ishtirok etmaydi.

Kataloniya klubi futbolchining yangi jamoa topishiga yordam berishga tayyor. Hatto Penya bilan tekinga xayrlashish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Biroq bu holatda «Barselona» keyingi transferdan ma’lum foiz olish huquqini saqlab qolmoqchi.

Qayd etilishicha, La Liga klublari darvozabonga qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, Penyaning o‘zi faoliyatini boshqa Yevropa chempionatlaridan birida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Inyaki Penya «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol o‘tkazib yuborgan va 10 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

O‘tgan mavsumni u ijara asosida «Elche» safida o‘tkazdi.

Darvozabonning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar