Iordaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Avstriyaga (1:3) qarshi oʻyindagi magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, natija iordaniyaliklar tomonidan ko'rsatilgan ishni to'liq aks ettirmaydi. Shaxsan men yigitlarning o'yinidan juda mamnunman va faxrlanaman. Hech kim bizdan bunday jasorat, tashabbuskorlik va imkoniyatlardan foydalanish qobiliyatini kutmagandi.
Avstriyani mag'lub eta olmadik, chunki ularning tarkibida "Real" (David Alaba) va "Bavariya" (Konrad Laymer) o'yinchilari bor", — dedi Sellami matbuot anjumanida.
Bellashuvda Laymer va Alaba samarali harakatlar bilan ajralib turishmadi. "Qirollik klubi" himoyachisi 59-daqiqada almashtirildi.
Iordaniya ustozi: "Avstriyani mag'lub etolmadik, chunki raqib tarkibida "Real" va "Bavariya" o'yinchilari bor"
Futbol
17 iyun, 08:30
Debyutant jamoa bosh murabbiyi 1-turdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
17.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Avstriya
3
:
1
Iordaniya