Bugun
14
O'zbek

Jorje Jezush Portugaliya milliy jamoasini boshqarishi mumkin — manba

Futbol
19 iyun, 12:09
Milliy jamoaning hozirgi murabbiyi Roberto Martines JCHdan so'ng iste'foga chiqishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Jorje Jezush Portugaliya milliy jamoasini boshqarishi mumkin — manba
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Jorje Jezush ish boshlashi mumkin. Bu haqida ESPN Brazil nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, milliy jamoaning hozirgi ustozini Roberto Martines JCH-2026 turniridan so'ng shartnomasi yakunlanadi va tomonlar kelishuvni uzaytirmaydi.

Natijada uning o'rniga 71 yoshli Jorje Jezush taklif qilinishi mumkin. So'nggi oylar davomida murabbiy bilan olib borilgan muzokaralar ancha ijobiy tomonga siljigan.

Eslatib o'tamiz, Jezush yaqindagina Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi bosh murabbiyligidan ketgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar