Bu haqda Sky Sport Germany xabar berdi.
Madridning «Real» klubi Marokash milliy jamoasi va «Lill» klubining 18 yoshli yarimhimoyachi Ayyub Buaddiga jiddiy ravishda qiziqib qolgan. Futbolchi Braziliyaga qarshi (1:1) jahon chempionati 1-turidagi o‘yindan keyin top jamoalarning e’tibori yanada oshishiga sababchi bo‘ldi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Lill» futbolchisi transferi bo‘yicha 70 mln yevrodan baland takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Braziliya milliy jamoasi bilan o‘yinda Buaddi futbolchi 87 marta to‘pga tegingan, jumladan 66 uzatmasidan 60 tasi aniq chiqdi.
O‘tgan mavsumda Buaddi barcha musobaqalarni inobatga olganda 42 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda.