Live
1
O'zbek

Niko Uilyams: «Biz jahon chempioni bo'lishni xohlaymiz»

Futbol
19 iyun, 14:09
JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida ispanlar Kabo-Verde bilan durang qayd etgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Niko Uilyams: «Biz jahon chempioni bo'lishni xohlaymiz»
Фото: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Niko Uilyams jahon chempionatining bosh sovrinini qo'lga kiritish niyatida ekanini aytdi.

«Jahon chempionati juda uzoq davom etadi, biz esa chempion bo'lishni xohlaymiz.

Ishonchim komilki, keyingi o'yindayoq jamoamizning butunlay boshqacha qiyofasini ko'rasizlar», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida ispanlar Kabo-Verde bilan durang qayd etgandi.

Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasining navbatdagi o'yini 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar