Shvetsiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Zlatan Ibrahimovich Jahon chempionati-2026 doirasidagi Braziliya — Marokash (1:1) o‘yinida afrikaliklar himoyachisi Ashraf Hakimi raqib futbolchisi Vinisius Juniorga nisbatan keskin harakat qilgan epizodga e’tibor qaratdi.
Ma’lumot uchun, bahs bosh hakami Slavko Vinchich ushbu vaziyatda jarima zarbasi ham belgilamadi.
«Ushbu epizodni ko‘rganimda, xayolimga kelgan birinchi fikr oddiy bo‘ldi: hakam vaziyatga aralashib, uni [Hakimi] maydondan chetlatishi kerak.
Gap o‘yin darajasi, qaysi bosqichda bo‘layotgani haqida emas, futbolchining xavfsizligi haqida ketmoqda. Hujumchi uni dog‘da qoldirdi, xavf yaqqol ko‘rinib turgandi va kontakt ancha kech yuz berdi», - deya Ibrahimovich so‘zlaridan iqtibos keltirdi Madrid Zone.