Live
1
O'zbek

Asadbek Rahimjonov — "Navbahor" futbolchisi

Futbol
20 iyun, 02:05
Futbolchi faoliyati davomida "Turon", "Olimpik", "Bunyodkor" kabi jamoalar safida oʻynagan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Asadbek Rahimjonov — "Navbahor" futbolchisi
Foto: PFC Navbahor

"Navbahor" yarimhimoyachi Asadbek Rahimjonov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Rahimjonov 2004 yil, 18 fevral kuni Namanganda tugʻilgan. U faoliyati davomida "Turon", "Olimpik", "Bunyodkor" kabi jamoalar safida oʻynagan. Bundan tashqari, Asadbek Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Asadbek Rahimjonovga "Navbahor" tarkibida yorqin oʻyinlar namoyish etib, "lochinlar"ning zafarlarga oʻzining munosib hissasini qoʻshishiga tilakdoshmiz. Jamoamizda xush koʻrdik, Asadbek", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Katulondi Kati "Navbahor"ni tark etgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar