Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar jahon chempionati guruh bosqich so‘nggi tur doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilishini tasdiqladi.
Gaiti ustidan qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng italiyalik mutaxassis vingerning holati haqida gapirdi.
«Ertaga Neymar alohida mashg‘ulot o‘tkazadi, keyin yakshanba kuni umumiy guruhga qaytib mashq qiladi va shundan so‘ng Shotlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi», — dedi Anchelotti.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar sog‘liq bilan bog‘liq muammolar sabab bu mundialda hali birorta ham o‘yinda ishtirok etmagandi. Endi esa u turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazishga yaqin turibdi.