Live
1
O'zbek

Chalhano‘g‘li: «Futbol ba'zan shafqatsiz bo‘ladi, balki bu mening so‘nggi mundialimdir»

Futbol
20 iyun, 03:40
Turkiya yarimhimoyachisi jahon chempionatini muddatidan oldin tark etish haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Chalhano‘g‘li: «Futbol ba'zan shafqatsiz bo‘ladi, balki bu mening so‘nggi mundialimdir»
Foto: Getty Images
19.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Turkiya Turkiya 0 : 1 Paragvay Paragvay

Turkiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Hokon Chalhano‘g‘li ushbu jahon chempionatini muddatidan oldin tark etish haqida fikr bildirdi.

Turkiyaliklar 2-turda Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, 3-turda AQShga qarshi o‘yin natijasidan qat'i nazar guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi.

«Hozir gap topish qiyin. Bu juda og‘ir. Ikki o‘yinda ham hamma narsani sinab ko‘rdik. Zarba berdik — o‘xshamadi. Harakat qildik — natija bo‘lmadi.

G‘irt omadsizlik. Ular esa birinchi zarbasidayoq gol urdi. Bizning jamoa yosh, oldinda yana ko‘p turnirlar bor. Balki bu mening so‘nggi jahon chempionatimdir.

Hamma xafa, tushkun holatda. Biz harakat qildik, ammo hech narsa chiqmadi. Bu barcha uchun foydali tajriba bo‘ldi.

Biz o‘zimiz bilan faxrlanishimiz kerak, chunki jahon chempionatiga chiqish oson emas. Turnirni tark etish esa har doim og‘ir.

Futbol ba'zan shafqatsiz bo‘ladi. Biz bu holatdan saboq olishimiz kerak. Yana bir bor bitta zarba tufayli o‘yinni yutqazdik», — dedi «Inter» futbolchisi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar