Spor Arena nashri sobiq jurnalisti Muhammad Duman 2026 yildagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Vinchenzo Montellaning Turkiya milliy jamoasidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«O'ylashimcha, Montella iste'foga chiqadi. Jamoada nazorat izdan chiqqan. Turkiyada barcha Montellani tanqid qilyapti.
Federatsiya bu masala bo'yicha yig'ilish o'tkazib, jahon chempionatidan keyin qaror qabul qilishini kutyapmiz», — dedi jurnalist.
Eslatib o'tamiz, Turkiya milliy jamoasi muddatidan oldin jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Montella shogirdlari Avstraliya (0:2) va Paragvay (0:1)ga mag'lub bo'ldi.