Turkiya milliy jamoasi ushbu jahon chempionatidagi ikki oʻyinda raqib darvozasi tomon jami 62 ta zarba bergan boʻlsa-da, birorta gol ura olmadi.
Vinchenzo Montella boshchiligidagi jamoa Avstraliya (0:2) va Paragvay (0:1)ga magʻlub boʻlib, D guruhida 4-oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqa olmasligi aniq boʻldi.
Avstraliyaga qarshi oʻyinda turkiyaliklar 30 ta zarba bergandi (shulardan 8 tasi darvozaga aniq borgan). Paragvayga qarshi bahsda esa jamoa 32 marta zarba berdi (5 tasi aniq), ammo gol ura olmadi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya 3-turda mezbon AQShga qarshi maydonga tushadi.