Angliya milliy jamoasi jahon chempionati davom etayotgan vaqtda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Guruh bosqichida Xorvatiya ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa «Sporting Kanzas Siti» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan. Unda Xorvatiyaga qarshi bahsda maydonga tushmagan barcha futbolchilar ishtirok etdi va angliyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabi bunday o‘yinlar zaxiradagi futbolchilarning formada qolishiga yordam beradi deb hisoblamoqda. Qayd etish lozim, keyingi o‘yinda Angliya milliy jamoasi Ganaga qarshi maydonga tushadi.