Braziliya milliy jamoasi vingeri Vinisius Junior jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Gaitiga qarshi bahs (3:0)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu jamoadagi barcha uchun juda muhim palla. G'alaba bizga keyingi o'yin oldidan ishonch va xotirjamlik bag'ishlaydi. Bu o‘ta muhim.
Gol urish va assist berish imkoniyati menga milliy jamoadagi darajamga chiqishga yordam beradi. Hali ko'p jihatlarni yaxshilash kerak, ammo ushbu ikki o'yin bizga o'z kuchimizga ishonch bermoqda.
Men milliy jamoa uchun yanada ko'proq ish qilishni istayman. Faqat gollar bilan emas, balki bugungi o'yinda qilgan mehnatim bilan ham yordam berishni xohlayman.
Jamoadagi ahamiyatimni bilaman va agar yaxshi formda bo'lsam, o'yinga katta hissa qo'sha olaman.
Biz xalqimiz va yaqinlarimizga quvonch bag'ishlash uchun shu yerdamiz. Bu o'yin shundaylardan biri bo'ldi, biz doim jahon chempionatida o'ynashni orzu qilganmiz.
Biz doim mundialda gol urishni, xalqimizning biz bilan faxrlanishini orzu qilganmiz", — dedi Vinisius.