Live
6
O'zbek

Braziliya milliy jamoasi Rafinyaning holati haqida ma’lumot berdi

Futbol
20 iyun, 06:06
Vinger Jahon chempionati-2026 2-turi doirasidagi o‘yinda o‘ng oyog‘ida og‘riq sezgani tufayli zaxiraga olingan edi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Braziliya milliy jamoasi Rafinyaning holati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images
19.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 3 : 0 Gaiti Gaiti

Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) xabar berdi.

Braziliya milliy jamoasi yetakchilaridan biri Rafinya Jahon chempionati-2026 2-turida Hayitiga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘ng oyoq tizza orqa qismida og‘riq sezmoqda.

C guruhi uchrashuvi AQSHning Filadelfiya shtatida bo‘lib o‘tdi va Braziliya milliy jamoasi yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rafinya jarohat olib, 40-daqiqada almashtirildi.

«Hayiti jamoasiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida Rafinya o‘ng oyoq tizza orqa qismida og‘riq sezdi. O‘yinchi muolajalarni boshlab yubordi va uning holati yaqin orada qaytadan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi», — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, ikki o‘yinda 4 ochko to‘plagan Braziliya milliy jamoasi o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Karlo Anchelotti shogirdlari 24 iyun kuni Shotlandiya milliy jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Gaiti Gaiti
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar