Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning jahon chempionati navbatdagi tur o‘yinida maydonga tushish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqich 2-tur doirasida Ispaniya Saudiya Arabistoniga qarshi madyonga tushadi (21 iyun).
«Biz vaziyatni baholashimiz kerak bo‘ladi. O‘yinlar taqdiri odatda ikkinchi bo‘limda hal etiladi. Shu sababli biz o‘yin tempini ilk daqiqalardan oshirganimiz ma’qulmi, yoki raqib biroz charchagach. oxirgi daqiqalarda Laminni tushirishimiz foydaliroq bo‘ladimi, o‘ylab ko‘ramiz.
Bahsga dastlabki rejamiz aniq, lekin turli holatlar, kutilmagan voqealar rejalaringizga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Lamin 90 daqiqa o‘ynay olmasa ham, maydonga tusha oladi. Biz hech kimning salomatligi bilan tavakkal qilmaymiz. Uning optimal holati — taxminan bir soat, biroq bu 60 daqiqa bo‘lishi ham, 53 daqiqa bo‘lishi ham mumkin. Ko‘ramiz. O‘yin borishiga ta’sir qiladigan 50 mingta detal bo‘ladi», – deya de la Fuente so‘zlaridan iqtibos keltirdi COPE.
Ma’lumot uchun, 1-turdan keyin Ispaniya milliy jamoasi H guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.