Jahon chempionati-2026 guruh bosqich 2-turida Paragvay milliy jamoasi Turkiya milliy jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Bahs Janubiy Amerika vakilining minimal hisobdagi (1:0) g‘alabasi bilan yakunlandi.
Paragvay milliy jamoasi himoyachisi Omar Alderete bahsni asosiy tarkibda boshladi va final hushtagigacha harakat qildi. Biroq eng muhimi shundaki, himoyachi sheriklariga bor yo‘g‘i 1 marotaba aniq uzatma berdi.
Bunday holat 1966-yildan buyon ilk bor qayd etildi. Avvallari, jahon chempionatlarida to‘liq o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan hech biri bunday past ko‘rsatkich qayd etmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.