«Tottenhem» «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonalini sotib olish umidini yo'qotgani yo'q. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
«Taqachilar» dastlab italiyalik futbolchi uchun taxminan 92 million yevro taklif qilgan, ammo «qarg'alar»ni bu shartlar qoniqtirmagan. Endilikda «Tottenhem» 100 million yevrodan ortiq yangi taklif tayyorlamoqda.
Yarimhimoyachining o'zi ham bu yozda klubini o'zgartirishni istamoqda. Shuningdek, Sandroga «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Yakunlangan mavsum 26 yoshli futbolchi Eddi Hau jamoasi safida 53 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. Avvalroq Tonalining A Seriyaga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.