"Nyukasl" yarimhimoyachisi Sandro Tonali faoliyatini Serie Ada davom ettirishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabar berishicha, "Yuventus" 25 yoshli futbolchining xizmatiga jiddiy qiziqmoqda. Tonalining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etmoqda.
"Keksalar" Sandroni sotib olish va narxni tushirishni rejalashtirgan.
Futbolchining "qarğalar" bilan bitimi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O‘tgan mavsumda u "Nyukasl" safida barcha turnirlarda 45 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.
Avvalroq "Yuventus" klubi yarimhimoyachi Ueston Makkennyni "Roma" futbolchisi Braian Kristantega almashtirishi mumkinligi xabar qilingandi.