Angliya milliy jamoasi va «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Deklan Rays futbolchilarga tushayotgan yuklama haqida fikr bildirdi.
27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda jami 63 ta bahsda maydonga tushdi. Shundan 55 tasi «Arsenal», 8 tasi esa Angliya milliy jamoasi safida bo‘ldi.
«Bu shunchaki aql bovar qilmas ko‘rsatkich. Taqvim aqldan ozgandek, ammo nima ham qila olamiz? O‘tirib olib shikoyat qila olmaymiz.
APLda g‘olib chiqish kabi lahzalar uchun bunga bardosh berish kerak. Juda ko‘p bahslarda o‘ynaysiz, keyin esa o‘sha quvonchni his qilasiz va oldinda yana Jahon chempionati borligini bilasiz.
Doimo tarkibda bo‘lish uchun ba’zan sog‘lig‘ingizni ham xavf ostiga qo‘yishga to‘g‘ri keladi. O‘yinlar juda ko‘p, biroq oxir-oqibat dam olish uchun vaqt ham bo‘ladi», — dedi Rays.
Ma’lumot uchun, Deklan Rays 2023 yilda «Vest Hem»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan. U hozirda London klubining asosiy tayanch yarimhimoyachilaridan biri va Angliya milliy jamoasining yetakchi futbolchilaridan hisoblanadi.