O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasidagi o‘rni haqida gapirdi.
«Krishtianuning nomi jamoaga ta’sir qiladi. Futbolchining o‘zi ham buni tushunishi kerak. Ronalduning 90 daqiqa davomida maydonda bo‘lishi Portugaliya milliy jamoasining asosiy muammosi», — deya Zeytullayevning so'zlarini keltirdi Metaratings.ru nashri.
Portugaliya milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk turda Kongo DRga qarshi bahsda kutilmaganda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Martines shogirdlari mundialdagi navbatdagi bahsini O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun guruhdagi vaziyatni yaxshilash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.