Bugun
6
O'zbek

De Bryuyne Eron bilan o'yin haqida: «Hatto bir kishi kam bo‘lib ham imkoniyatlarga ega bo‘ldik»

Futbol
22 iyun, 05:24
Belgiya sardori Eron bilan durangdan so‘ng jamoa o‘yiniga baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De Bryuyne Eron bilan o'yin haqida: «Hatto bir kishi kam bo‘lib ham imkoniyatlarga ega bo‘ldik»
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 0 : 0 Eron Eron

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne Jahon chempionatining 2-turida Eronga qarshi kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, belgiyaliklar 66-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Natan Ngoy so‘nggi umid foli uchun qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

«Biz gol urishimiz kerak edi, buning uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bahs boshida juda shoshildik, sabrliroq bo‘lishimiz kerak edi.

Raqib himoyasida bo‘sh hududlar kam edi. Ayrim vaziyatlarda chap qanotda Maksim de Keyper va Leandro Trossar orqali imkoniyatlar yaratdik.

Tarkiblar teng bo‘lgan paytda biz ustunlik qildik. Bir kishi kam qolganimizdan keyin esa yuqori pressing qo‘llash noto‘g‘ri qaror bo‘lardi. Shunga qaramay, hatto shunday vaziyatda ham imkoniyatlarimiz bo‘ldi», — dedi de Bryuyne milliy jamoa matbuot xizmatiga.

Ma’lumot uchun, Belgiya milliy jamoasi ikki turdan keyin 2 ochko jamg‘argan. Jamoa guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini Yangi Zelandiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar