Live
1
O'zbek

Belgiya mundiallarda ketma-ket to‘rtta bahsdan buyon g‘alaba qozona olmayapti

Futbol
21 iyun, 19:00
JCH–2026da ikki turdan so‘ng belgiyaliklar hisobida atigi ikki ochko mavjud.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Belgiya mundiallarda ketma-ket to‘rtta bahsdan buyon g‘alaba qozona olmayapti
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 0 : 0 Eron Eron

Belgiya milliy jamoasining jahon chempionatlaridagi g‘alabasiz seriyasi to‘rtta bahsga yetdi.

JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida Eron bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan belgiyaliklar ushbu turnirdagi ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozona olmadi. Avvalroq jamoa Misr bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi.

Qayd etish joiz, Belgiya milliy jamoasining mundiallardagi so‘nggi g‘alabasi JCH–2022 guruh bosqichida Kanadaga qarshi bahsda qayd etilgan. O‘shandan so‘ng jamoa Marokashga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Xorvatiya bilan esa 0:0 hisobida durang o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Roberto Martines boshqargan Belgiya milliy jamoasi JCH–2022da guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmagandi.

Ma'lumot uchun, JCH–2026 guruh bosqichining ikki turidan keyin Belgiya hisobida 2 ochko mavjud. Jamoa guruhdagi so‘nggi bahsini 27 iyun kuni Yangi Zelandiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar