Live
1
O'zbek

JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini tor-mor etdi, Yamalda ilk gol, Oyarsabalda 2+1

Futbol
21 iyun, 14:01
Amaldagi Yevropa chempioni pley-off masalasini deyarli hal qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini tor-mor etdi, Yamalda ilk gol, Oyarsabalda 2+1
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 4 : 0 Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni

Jahon chempionatida 2-tur bahslari davom etmoqda.

1-turda faqat durang qayd etilgan H guruhida Ispaniya (4) Saudiya Arabistoni (1) darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Yamal mundiallardagi ilk golini urgani bo‘lsa, Oyarsabal dubl va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Urugvay (1) va Kabo-Verde (1) o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 03:00da boshlanadi.

JCH-2026. H guruhi. 2-tur
Ispaniya — Saudiya Arabistoni 4:0

21 iyun. Atlanta
Gollar: Yamal (10), Oyarsabal (21, 24), At Tambakti (49, avtogol).
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Pedri (Ruis, 70), Rodri, Yamal (Pino, 46), Olmo (Merino, 61), Baena (Uilyams, 61), Oyarsabal (Torres, 46).
Saudiya Arabistoni — Al Ovais, Abdulhamid, At Tambakti, Lajami, Al Amri (Haji, 60), Al Harbi, Nosir Ad Dovsari (Al G‘annam, 90), Al Haybari (Kanno, 46), Al Juvayr (Al Hamdan, 46), Al Buraykan (Ash Shamat, 60), Salim Ad Dovsari.
Ogohlantirishlar: Salim Ad Dovsari (30), Kanno (60).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar