Ispaniya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuvda saudiyalik himoyachi Hasan Tombakti o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shu tariqa JCH-2026da urilgan avtogollar soni 8 taga yetdi.
Bu natija jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Hozircha rekord Rossiyada o‘tgan JCH-2018ga tegishli bo‘lib, o‘sha turnirda futbolchilar 12 marta o‘z darvozasiga gol urishgan.
Qizig‘i, Qatar-2022 mundialida esa atigi 3 ta avtogol qayd etilgandi.
📊 JCHlarda avtogollar:
JCH-2018 — 12 ta
JCH-2026 — 8 ta (37 ta o‘yindan so‘ng)
JCH-2022 — 3 ta
Agar turnir shu tempda davom etsa, JCH-2026 Rossiya mundialining rekordini yangilashi mumkin.