Live
1
O'zbek

Kyurasao darvozaboni: «Endi menga haykal qo‘yishlari kerak»

Futbol
21 iyun, 13:43
JCH-2026dagi tarixiy natijadan so‘ng posbon hazilomuz bayonot berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kyurasao darvozaboni: «Endi menga haykal qo‘yishlari kerak»
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ekvador Ekvador 0 : 0 Kyurasao Kyurasao

Kyurasao milliy jamoasi darvozaboni Eloy Rom Ekvadorga qarshi o‘yindan keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Kyurasao Ekvador bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va mundiallar tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

37 yoshli darvozabon uchrashuvda haqiqiy qahramonga aylandi. U raqibning 15 ta zarbasini qaytarib, o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi hamda bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Tim Hovardning rekordini yangilay olmaganimdan biroz xafaman. U 16 ta seyv amalga oshirgandi. O‘sha o‘yinni ko‘rganman, adashmasam Belgiya bilan bo‘lgan edi. Shunga qaramay, bu natijadan faxrlanaman», — dedi Rom.

Tajribali posbon o‘z faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazganini ta’kidladi.

«Darvozabon sifatida bu deyarli ideal o‘yin bo‘ldi. Men juda faxrlanaman. Ammo bu faqat mening emas, butun jamoaning mehnati. Men seyvlar qilaman, lekin biz maydonda bir jamoa bo‘lib kurashamiz. Xullas, menimcha, endi Kyurasaoda menga haykal qo‘yishlari kerak», — dedi darvozabon kulib.

Eslatib o‘tamiz, Kyurasao mundial tarixida ilk bor ochko qo‘lga kiritdi. Guruh bosqichining so‘nggi turida ular Kot-d'Ivuar bilan, Ekvador esa Germaniya bilan kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ekvador Ekvador
  • Kyurasao Kyurasao
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar