Live
1
O'zbek

Boks bo‘yicha Jahon kubogi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi 1-o‘rinni egalladi

Boks
21 iyun, 12:35
Umumiy jadvalda esa mezbon Xitoy yetakchi bo‘ldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Boks bo‘yicha Jahon kubogi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi 1-o‘rinni egalladi
Foto: Boxing Uzbekistan

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan, Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar beradi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan doimgidek yana yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi pog‘onani Qozog‘iston 3 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Fransiya yakunladi.

Ayollar o‘rtasidagi medallar ham qo‘shilgan umumiy jadvalda esa mezbon Xitoy 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza bilan birinchi bo‘ldi. 5 ta oltin, 3 ta bronza bilan Qozog‘iston ikkinchi pog‘onadan joy oldi. 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronzani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

O‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlar:

🥇Oltin medal:

-60 kg. Abdumalik Xalakov
-90 kg. To‘rabek Xabibullayev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-57 kg. Nigina O‘ktamova

🥈Kumush medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-48 kg. Farzona Fazilova
+80 kg. Oltinoy Sotimboyeva

🥉Bronza medal:
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+90 kg. Arman Maxanov
-60 kg. Sitora Turdibekova
-75 kg. Aziza Zokirova


Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Islom Tadjiboyev, Shahzoda Umarova, Sharif Narziqulov, Shukurulla Vapayev.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto.

Jahon kubogi, Medallar bo`yicha reyting
Foto: Boxing Uzbekistan
Bugungi yangiliklar