Hindistonning Nyu-Dehli shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
20 iyun kuni O'zbekiston jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi. MOQ matbuot xizmati yozishicha, medalni ayollar o'rtasidagi sablya dasturida ishtirok etgan Guliston Perdiboyeva keltirdi.
Musobaqa davomida Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakat vakillarini mag'lub etib yarim finalgacha borgan O'zbekiston vakili bronza medali bilan taqdirlandi.
Qilichbozlik. Guliston Perdiboyeva Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
Boshqa sportlar
21 iyun, 13:50
O'zbekiston jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi.
Foto: Olympic uz