Bugun, 21 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Belgiya va Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Bahs AQSHning Inglvud shahridagi «SoFi Stadium» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni argentinalik hakam Dario Errera boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 1-turdan so‘ng G guruhidagi barcha jamoalar hisobida bittadan ochko mavjud. Shu sababli ushbu bahs guruhdagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 3-turda Belgiya Yangi Zelandiya bilan, Eron esa Misrga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 2-tur
Belgiya — Eron
21 iyun. 00:00
Belgiya: Kurtua, Mexele, De Keyper, Menye, Ngoy, De Bryuyne, Tilemans, Salemakers, Raskin, Lukaku, Trossar.
Eron: Beyranvand, Rezayan, Xalilzade, Nemati, Kanaani, Hajisafi, Xardani, Guddos, Izzatullohi, Mohebi, Taremi.