Bugun
6
O'zbek

Doku oilaviy sabab Belgiya milliy jamoasi bazasini tark etdi

Futbol
20 iyun, 12:21
Doku katta ehtimol bilan 21 iyun kuni Eronga qarshi navbatdagi bahsni o'tkazib yuboradi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Doku oilaviy sabab Belgiya milliy jamoasi bazasini tark etdi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku o'zining birinchi farzandi tug'ilishida ishtirok etish uchun Belgiya milliy jamoasi bazasini vaqtincha tark etdi.

Uning rafiqasi Shirin yaqin kunlarda ko'zi yorishi kutilmoqda. Hujumchi guruh bosqichining dastlabki o'yinida Misrga qarshi (1:1) 86-daqiqa harakat qildi.

Doku katta ehtimol bilan 21 iyun kuni Eronga qarshi navbatdagi bahsni o'tkazib yuboradi.

«Bu mening birinchi farzandim va aniq o'sha yerda bo'lishni xohlayman. Agar aynan nima xohlaganimni so'rasangiz, javobim oddiy: hech kim to'ng'ich farzandining tug'ilishini o'tkazib yuborishni istamaydi.

Shu bilan birga, futbolda boshqa ko'plab omillarni ham hisobga olish kerakligini juda yaxshi tushunaman, ammo federatsiya bunday vaziyatlarda o'yinchilarni qo'llab-quvvatlaydi. Ko'ramiz, nima qila olarkanmiz», — deya Dokuning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
Bugungi yangiliklar