Amsterdamning «Ayaks» klubi bosh murabbiyi Oskar Garsiya bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub rahbariyati 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni bekor qilishga qaror qildi. Qayd etilishicha, murabbiy bilan amsterdamliklar o‘rtasidagi shartnoma kelasi yil yozigacha amal qilishi kerak edi.
Ma'lumot o‘rnida, Garsiya 2025 yil mart oyidan beri «Ayaks»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 2 marta mag‘lub bo‘ldi va yana uch bor durang qayd etdi.
Shuningdek, «Ayaks» yakunlangan mavsum ichki chempionatda 5-o‘rinni egalladi. Avvalroq amsterdamliklar Arne Slot bilan dastlabki muzokaralarni boshlagani ma'lum qilingan edi.