Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Ibrohim Hojiusmonov 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng milliy jamoa bosh murabbiyi Vinchenzo Montellani qo'llab-quvvatladi.
«Biz murabbiyimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Bu bir klub emas. Aynan klublardagi barqarorlik yo'qligi sabab ko'pincha omadizliklar yuz beradi. Oxirgi ikki kunda turli murabbiylar nomlari tilga olinmoqda, ammo biz bir yo'lda ketayotgan insonni yo'l-yo'lakay uchratganlarimizga almashtirmaymiz.
Murabbiyni taktik jihatdan tanqid qilish mumkin, ammo to'p ustun yonidan o'tib ketgani uchun emas. Har qanday salbiy holatda ham ijobiy jihat bor, shuning uchun biz oldinga qarab harakat qilamiz», — dedi Hojiusmonov A Spor’ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Turkiya milliy jamoasi guruh bosqichining 2-turida Paragvay (0:1)ga mag'lub bo'lib, pley-offga chiqish imkoniyatini muddatidan oldin yo'qotgan.