Turkiyalik futbol agenti Shenol Tosun JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng Turkiya milliy jamoasi haqida keskin fikrlar bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa tarkibi yarim final uchun kurashishga yetarli darajada kuchli edi.
«Bu jamoa yarimfinalga chiqish uchun kurashishi kerak edi. Ammo barchamiz nima bo‘lganini ko‘rdik. Afsuski, bu turnir Turkiya milliy jamoasi uchun yakunlandi», — dedi Tosun.
Agentning fikricha, jamoa murabbiylar shtabi muhim xatolarga yo‘l qo‘ygan.
«Murabbiylar bir xil futbolchilarga tayanib qoldi va hech qanday xulosa chiqarmadi. Guruh bosqichidagi ikkala mag‘lubiyat ham murabbiylar zimmasidagi natija. Jahon chempionatida markaziy hujumchisiz o‘ynayotgan yana biror jamoa bormi? Savolning javobi shu yerda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya milliy jamoasi guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.