Bugun
17
O'zbek

Angliya futbolchilari Partiga qo‘l berish yoki bermaslikni o‘zlari hal qiladi

Futbol
20 iyun, 17:25
FA Gana yarimhimoyachisi bilan bog‘liq vaziyatga aralashmaslikka qaror qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angliya futbolchilari Partiga qo‘l berish yoki bermaslikni o‘zlari hal qiladi
Foto: Getty Images
23.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Gana Gana

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) JCH-2026 guruh bosqichida Gana milliy jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilarga Tomas Parti bilan qo‘l berib ko‘rishish yoki ko‘rishmaslik masalasini mustaqil hal qilish huquqini berdi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, FA e’tiborni faqat futbolga qaratishni istamoqda va bu borada futbolchilarga hech qanday ko‘rsatma bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, Gana milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tomas Partiga nisbatan bir necha marta zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

2025 yil iyul oyida futbolchiga 2021–2022 yillarda sodir etilgani aytilayotgan beshta zo‘rlash va bitta jinsiy zo‘ravonlik holati bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi. 2026 yil fevralida esa yana ikki zo‘rlash epizodi bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘shilgan.

Parti o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda. Futbolchi ishi bo‘yicha sud jarayoni 2027 yil iyun oyida Londonning Sautuork Qirollik sudida boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq ushbu ayblovlar sababli 33 yoshli yarimhimoyachiga Kanadaga kirishga ruxsat berilmagandi. Shu bois u Gananing mundialdagi Panama bilan bo‘lgan ilk uchrashuvida (1:0) ishtirok eta olmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Gana Gana
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar