Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos Angliya milliy jamoasining Jahon chempionati-2026 ilk turidagi o‘yini haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bir narsani aniq aytishim mumkinki, ilk turdagi o‘yinlardan so‘ng Angliya men uchun favoritlar uchligiga kirdi. Gap faqatgina Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alabada (4:2) emas, gap Yevro-2024 bilan solishtirsak, biz umuman boshqa Angliyani ko‘rdik. Yevropa chempionatida ham ular finalgacha yetib borishgandi — nazarimda, unchalik ham adolatli natija bo‘lmagandi, ammo finalga yetib borishgandi.
Hozir esa kun bilan tun o‘rtasidagidek farq bor. O‘yin uslubi butkul o‘zgargan, ayniqsa himoyadan hujumga o‘tishdagi harakatlar. Bunga birinchi turdagi o‘yindagi Bellingemni qo‘shsak, u butun mavsum «Real»da bunday dinamika qo‘shmagandi. Aftidan, u yana to‘liq sog‘aygan yoki o‘zini erkin his qilmoqda», — deya Kroos so‘zlaridan iqtibos keltirdi BILD.