Bugun, 20 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Niderlandiya va Shvetsiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Bahs AQSHning Xyuston shahridagi «NRG Stadium» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 1-turda Niderlandiya Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi. Shvetsiya esa Tunisni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgandi.
Shu sababli bugungi uchrashuv F guruhida yetakchilik uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.
3-turda Niderlandiya Tunisga qarshi maydonga tushsa, Shvetsiya Yaponiya bilan kuch sinashadi.
JCH-2026. 2-tur
Niderlandiya — Shvetsiya
21 iyun, 22:00
Asosiy tarkiblar:
Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, van Xekke, van Deyk, van de Ven, Gravenberx, de Yong, Reynders, Brobbi, Malen, Gakpo.
Shvetsiya: Nordfeldt, Lagerbilke, Xin, Lindelyof, Gudmundsson, Karlstryom, Ayari, Nyugren, Bernxardsson, Gokeresh, Isak.