Bugun
17
O'zbek

Niderlandiya oʻz tarixida toʻrtinchi bor mundial oʻyinida 5 ta gol urdi

Futbol
20 iyun, 16:25
Bu haqda Opta xabar berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Niderlandiya oʻz tarixida toʻrtinchi bor mundial oʻyinida 5 ta gol urdi
Фото: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi JCH-2026ning 2-turida Shvetsiyani 5:1 hisobida tor-mor etdi.

Shu tariqa, «apelsinlar» oʻz tarixlarida toʻrtinchi bor jahon chempionatlari doirasidagi bitta uchrashuvda raqib darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Niderlandiya ochkolari sonini 4 taga yetkazib, F guruhi turnir jadvalida yakka peshqadam boʻlib oldi.

Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichining 1-turida Niderlandiya Yaponiya bilan jangovar durang qayd etgan (2:2), Shvetsiya esa Tunisni yirik hisobda taslim etgan edi (5:1). Guruhning hal qiluvchi soʻnggi turida niderlandlar Tunis bilan, shvedlar esa Yaponiyaga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur oʻyinlarning ikkalasi ham 26 iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar