JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Shvetsiyani 5:1 hisobida mag‘lub etgan Niderlandiya milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
Mazkur natijadan so‘ng Ronald Kuman shogirdlari mundiallarda ketma-ket 14 ta o‘yinda asosiy va qo‘shimcha vaqtda mag‘lub bo‘lmagan jamoaga aylandi.
Shu tariqa, «uchar gollandlar» 1958–1966 yillar oralig‘ida Braziliya milliy jamoasi qayd etgan rekordni ortda qoldirdi.
Niderlandiya oxirgi marta jahon chempionatida o‘yin vaqtida 2010 yilgi finalda mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda jamoa Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Ayni paytda Niderlandiya F guruhida 4 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Shvetsiya hisobida 3 ochko mavjud. Yaponiya va Tunis esa 2-tur uchrashuvini hali o‘tkazmagan.
So‘nggi turda Niderlandiya Tunisga qarshi, Shvetsiya esa Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.