OKMK jamoasi Tojikistonda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, «konchilar» yig'indagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Unda Tojikistonning «Sarazm» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murabbiylar shtabi har bir bo'limda turlicha tarkibni sinovdan o'tkazdi.
Natijada Mirjalol Qosimov jamoasi raqib darvozasiga ettita gol urib, 7:0 hisobidagi ishonchli g'alabani rasmiylashtirdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
OKMK — Sarazm» 7:0
Gollar: Nodirbek Abdu razzoqov, Asadbek Sobirjonov (dubl), Aziz Xolmu rodov, Eldorbek Begimov, Siyavash Haqnazari (penalti), Hazratjon Tursunqulov
1-bo'lim tarkibi: Javohir Ilyosov — Dilshodbek Ahmadaliyev, Abror Karimov, Shahzod Toirov, Saidafzalxon Ahrorov — Giorgi Papava, Mirjamol Qosimov, Aziz Xolmu rodov — Nodirbek Abdu razzoqov, Asadbek Sobirjonov, Ali Abdurahmonov
2-bo'lim tarkibi: Muhammad Ubaydullayev — Eldorbek Begimov, Abror Sarimsoqov, Abubakr Rizo TurdiAliyev, Ahmadullo Muqimjonov — Rian Islomov, Siyavash Haqnazari, Arihiro Sentoku — Naoaki Senaga, Hazratjon Tursunqulov, Urosh Koyich.