Bugun
17
O'zbek

Keyn «Bavariya» bilan muzokaralarni to‘xtatdi – Bild

Futbol
20 iyun, 17:22
Harri 2023 yilning yozidan beri Myunxen klubida to‘p tepib keladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Keyn «Bavariya» bilan muzokaralarni to‘xtatdi – Bild
Фото: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jamoa bilan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik forvard bor e'tiborini jahon chempionatiga qaratgan. Shu bois kelishuvni 2029 yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan.

Qayd etilishicha, Keyn «Bavariya»da qoladi va boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Harri 2023 yilning yozidan beri Myunxen klubida to‘p tepib keladi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 51 o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta assistni qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar